Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida oliy ta’lim muassasalarida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

18.09.2023

Joriy yilning 18 sentabr kuni Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik institutlari huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari hamkorligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi. Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirovlar tomonidan "Sanoat mulki obyektlari - ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi, ularning farqi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni. Patent bazalari va Patent axborot qidiruvi", "«ip.adliya tizimi» orqali talabnomalarni topshirish tartiblari " mavzularida maʼruzalar qilindi.

Seminar o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad professor-o‘qituvchilarning intellektual mulk sohasida malakasini oshirish, yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirish, shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq fikr va tajriba almashishdan iborat. Suhbat davomida tinglovchilar yangi “ip.adliya.uz” tizimidan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari maqsadida, ushbu tizim orqali talabnoma topshirishning alohida jihatlari haqida ko‘rgazmali ravishda namoyish qilib berildi.

_