Qo'qonda II Xalqaro hunarmandlar festivali bo'lib o'tmoqda.

21.09.2023

2023 yil 21 sentabr kuni Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida O'zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi va Farg'ona hokimligi tomonidan tashkil qilingan II-Xalqaro hunarmandlar festivalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu festivalda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti vakillari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o'rinbosari M.Mansurov rahbarligidagi bir qator mutaxassislar ishitrok etdilar.

Festival doirasida tashkil qilingan “Geografik ko'rsatkichlar” obyekti bo'yicha ko'rgazmada muassasaning Geografik ko'rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari, EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari bo'limi bosh maslahatchisi B.Abbasov tomonidan “Hunarmandlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini muhofaza qilish” mavzusidagi ma'ruza taqdim etildi. Festival qatnashchilari tomonidan hududiy brendlarni huquqiy himoya qilish bo'yicha berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi. II-Xalqaro hunarmandlar festivali doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

_