Termiz muhandislik texnologiya institutida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

29.09.2023

O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Аxborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshligʼi S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Аbduqodirovlar ishtirokida Termiz muhandislik texnologiya instituti Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida seminar tashkil etildi. Institut rahbariyati, ilmiy xodimlari, professorlari ishtirok etgan mazkur tadbirda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», «ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari mavzusida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

Mutaxassislar tomonidan taqdimot shaklida namoyish etilgan ma'lumotlar yig'ilganlarda katta qiziqish uyg'otdi. Sanoat mulki obyektlarini (ixtiro, foydali model) patentlashning tartib va tamoyillari, bu masalada yuzaga kelayotgan muammo va to'siqlar xususida mutaxassisilarga ochiq savol va takliflar berildi. Tadbir yakunida muassasa vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktarantlar, iqtidorli talaba-yoshlar foydali ko'nikma va ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

_