Termiz davlat universitetida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq navbatdagi seminar-treniglar o‘tkazildi.

30.09.2023

Joriy yilning 29 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Аxborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshligʼi S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Аbduqodirovlar ishtirokida Termiz davlat universiteti TIQQMi hamkorligida tashkilotda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», «ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Mutaxassislar tomonidan taqdimot shaklida namoyish etilgan ma'lumotlar yig'ilganlarda katta qiziqish uyg'otdi. Sanoat mulki obyektlarini (ixtiro, foydali model) patentlashning tartib va tamoyillari, bu masalada yuzaga kelayotgan muammo va to'siqlar xususida mutaxassisilarga ochiq savol va takliflar berildi. Aytib o‘tish joyizki, albatta, yurtimizning ko‘plab xududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtirokchilarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

_