Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Buxoro viloyatining bir qator oliy ta’lim muassasalarida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

17.10.2023

Joriy yilning 17 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Buxoro davlat universiteti va Buxora davlat tibbiyot institutlarida seminar treninglar o‘tkazildi. Seminarda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», «ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari mavzularida ma’ruza qilindi. Seminar mavzusini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov hamda Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirovlar yoritib berdilar.

Mutaxassislar tomonidan taqdimot shaklida namoyish etilgan ma'lumotlar yig'ilganlarda katta qiziqish uyg'otdi. Sanoat mulki obyektlarini (ixtiro, foydali model) patentlashning tartib va tamoyillari, bu masalada yuzaga kelayotgan muammo va to'siqlar xususida mutaxassisilarga ochiq savol va takliflar berildi. Tadbir yakunida muassasa vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktarantlar, iqtidorli talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va foydali ko'nikma va ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

_