Samarqand shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

25.10.2023

2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Samarqand davlat universiteti TIQQMlari hamkorligida ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar.” “Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni”, “ip.adliya.uz tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari” mavzularida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Seminar mavzularini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limining bo‘lim boshlig‘i S. Raxmanov hamda Ixtirolar va foydali modellar bo‘limining bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov yoritib berdilar. Tadbir davomida ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish, ekspertiza jarayoni, shuningdek yangi ip.adliya.uz tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblariga oid masalalarda alohida to‘xtalib o’tildi va batafsil maʼlumotlar berildi.

_