Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi rahbariyati tomonidan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

12.01.2024

Joriy yilning 12-yanvar kuni "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i A.O‘rinbayevlar ishtirokida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida intellektual mulk obyektlari muhofazasi bilan bog‘liq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati va ilmiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ishtirokida davra suhbati tarzida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining intellektual mulk muhofazasi bilan bog‘liq bugungi kunda mavjud muammolarini muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Kelgusida o‘zaro hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish, barcha intellektual mulk obyektlari bo‘yicha keng qamrovli faoliyat olib borish yuzasidan takliflar berildi.

_