TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan onlayn o‘quv kurslari yakunlandi.

05.02.2024

Joriy yilning 29-yanvar – 2-fevral kunlari davomida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi mutaxassislari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan TIQQM mas’ul vakillarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu onlayn o‘quv kursi tinglovchilari uchun TIQQM mas’ul xodimlarini majburiyatlari va vazifalari, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari huquqiy muhofazasi, ixtiroga talabnoma hujjatlari, sanoat namunasi tushunchasi, talabnoma tuzish, maxsuslashtirilgan horijiy patent bazalari bilan tanishish mavzularida tajribali mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi. Besh kun davom etgan mazkur onlayn o‘quv kurslarida tinglovchilar intellektual mulk sohasiga, jumladan intellektual mulkni yaratish va muhofaza qilish asoslari, bu sohadagi xorijiy amaliyotga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniga ega bo‘ldilar .

_