Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar markazida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq seminar-trening o‘tkazildi.

09.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘makgida TIQQMlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar markazi binosida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda institut tasarrufidagi hududiy boshqarmalar rahbar xodimlari, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi xodimlari uchun o‘quv seminar-treningi o‘tkazildi.

Seminarda Intellektual mulk markazining TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lim boshlig‘i A.O‘rinbayevlar tomonidan "O‘zbekistonda o‘simlik navlarining muhofazasi, Talabnoma tuzishga qo‘yiladigan talablar", "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari" mavzularida maʼruzalar qilindi. Tadbirda tashkilotning rahbar xodimlari, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi xodimlari ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

_