“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi deligatsiyasi ishtirokida Farg‘ona viloyatining oliy ta‘lim muassasasida intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

21.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori va 2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiya ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning 21 fevral kuni Farg‘ona politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov hamda muassasa bo‘lim boshliqlari S.Raxmanov, I.Abdukadirov, S.Abdullayev, E.Nishonov va Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi I.Abdullazizovlar ishtirokida institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida Intellektual mulk obyektlari va ularning huquqiy muhofzasini ta’minlash, intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish, shuningdek aholining intellektual salohiyatini oshirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xorijiy davlatlarda ixitro va foydali modellarni patentlash tartibi, hududiy patent tashkilotlari hamda tizimga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga tadbirga tashrif buyurgan tadbirkorlik subyektlari, ixtirochilar va boshqa manfaatdor shaxslarga sohaga oid mavjud bo‘lgan muammolarini yechishda alohida yondashgan holda amaliy yordam berildi.

_