Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

26.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan joriy yilning 26-fevral kuni Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti rahbar xodimlari, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi xodimlari uchun ochiq muloqot tarzida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Intellektual mulk markazining TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lim boshlig‘i A.O‘rinbayevlar tomonidan seleksiya yutuqlarini xuquqiy muhofazasi va UPOV prizma orqali xalqaro muhofaza qilish, xorijiy davlatlarda sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq xalqaro patent kooperatsiyasi bitimi, hududiy patent tashkilotlari hamda tizimga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Hususan, mazkur masalalar bo‘yicha institut ilmiy xodimlari, tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha, batafsil javoblar berib o‘tildi.

_