Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida oliy ta’lim muassasalarida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

28.03.2024

Joriy yilning 28-29-mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat agrar universitetetlari huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari ishtirokida TIQQMlarning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Seminarda Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim bohlig‘i R.Sagdullayeva, bo‘lim bosh maslaxatchisi B.Karshiboyev, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim etakchi maslaxatchisi A.Xasanov, Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish bo‘limi bosh maslaxatchisi B.Kadirova, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi katta maslaxatchisi – N.Bo‘riyevlar tomonidan «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali seleksiya yutuqlari va EHM uchun dasturlarga talabnomalarni topshirish tartiblari, «Mualliflik huquqi ob‘yektlarini deponentlash» mavzularida maʼruzalar qilindi. Uchrashuvlar konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berildi, mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi

_