Xorazm viloyatining bir qator oliy ta’lim muassasasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

03.04.2024

O‘zbekistonda intellektual mulk huquqi Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat belgilari va tovarlarning kelib chiqish joylari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qator normativ huquqiy hujjatlar bilan belgilangan. Shakllangan qonunchilik asoslari mamlakatda ijodkorlik muhitini har tomonlama rag‘batlantirishga xizmat qila oladi. Ijodkorlarning o‘z qobiliyatini namoyon qilishi, ijtimoiy taraqqiyotga o‘z xissasini qo‘shishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Intellektual mulk huquqi sohasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmi takomillashib bormoqda. Bularning barchasi kelajakda O‘zbekistonda intellektual mulkiy faoliyat natijasi sifatida innovatsiyaviy iqtisodiyot va ijtimoiy hayot barpo etilishi uchun to‘laqonli imkoniyatlar qaror topishiga yordam beradi.

Shu jihatdan bugungi kunda mamlakatimizda intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday ishlardan biri Joriy yilning 3-aprel kuni “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Tashkiliy nazorat bo‘limi boshlig‘i E.Nishonov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi B.Abbasov hamda Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi vakili L.Yusupovlar boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va Urganch pedagoguka institutida davra suhbati tarzida seminar-trening o‘tkazildi. Uchrashuv davomida muassasa professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, izlanuvchilar, ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchilarning intellektual salohiyat natijalarini muhofaza qilish, muhofaza hujjati – patent mohiyati va ahamiyati, Markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

_