«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatida Intellektual mulk sohasida hamkorlik yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

08.04.2024

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasi kimyo sohasida faoliyat olib boradigan korxonalarni birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Bu jamiyat o‘z tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish, innovatsion faoliyati va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi, shuningdek ular orqali kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 1-ilovasi 5-bandi – “Intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarni qo‘llab-quvvatlashda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish” bo‘yicha ijrosini ta’minlash maqsadlarida Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida joriy yilning 8-aprel kuni «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev hamda bo‘lim boshliqlari S.Raxmanov va I.Abduqodirovlar ishtirokida tomonlar o‘rtasida Intellektual mulk yo‘nalishidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida gibrit tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad kelgusida kimyo sanoatining innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish yuzasidan takliflari ko‘rib chiqildi.

_