Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

16.04.2024

Joriy yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i I.Abduqodirov, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarni himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi I.Sharapov boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish, muhofaza hujjati bo‘lgan patentning mohiyati va ahamiyati, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar bo‘yicha har tomonlama foydali bo‘lgan axborotlar berildi. Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi hamda intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

_