Qarshi davlat universitetida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

16.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib unga asosan joriy yilning 16-aprel kuni Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarni himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi I.Sharapovlar boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari» mavzularida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi hamda intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

_