Qashqadaryo viloyati oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

17.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori va 2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiya ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilning 17-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutlarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov hamda muassasa bo‘lim boshliqlari S.Raxmanov, I.Abdukadirov, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarni himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi Sharapov Ilhom boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xorijiy davlatlarda ixitro va foydali modellarni patentlash tartibi, hududiy patent tashkilotlari hamda tizimga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga tadbirga tashrif buyurgan tadbirkorlik subyektlari, ixtirochilar va boshqa manfaatdor shaxslarga sohaga oid mavjud bo‘lgan muammolarini yechishda alohida yondashgan holda amaliy yordam berildi. Xususan, Markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma‘lumot berib o‘tildi. Mazkur masalalar bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha, batafsil javoblar berildi.

_