Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

29.03.2024

Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 28-29-mart kunlari Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti va Toshkent davlat agrar universitetlarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi hodimlari R.Sagdullayeva, B.Kadirova, A.Xasanov, N.Bo‘riyev, B.Qarshiboyevlar ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari» mavzularida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi. Bunday tadbirlar intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash va, albatta, investitsiyaviy jozibadorlikni yuksaltirish orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

_